JM News Portal - шаблон joomla Продвижение
  • Кўринмас қўллар фитнаси

    Дунёда юз бераётган фитналар ҳақида фикр юритган киши чуқур ўйга толади. Дин душмани бўлган “учинчи томон”нинг қўғирчоғига айланган манқурт кимсалар барчанинг нафратини қўзғамоқда.

    Батафсил...
  • «Дунё уламолари мурожаати» номли китоб ҳақида

    Маълумки, бугунги кунда дунёнинг турли ҳудудларида, хусусан, Яқин Шарқ минтақасида фаолият юритаётган террорчи ташкилотлар ўз сафини янги аъзолар билан тўлдириш мақсадида ислом таълимотини бузиб талқин қилмоқдалар. Хусусан, Ироқ ва Суриядаги ерларни ноқонуний эгаллаб

    Батафсил...
  • ИШИДчилар кимнинг халифалари? (1-қисм)

    Суриянинг ўзида неча юз минглаб одамлар ҳаётдан кўз юмдилар. Миллионлаб кишилар ногирон бўлдилар. Неча миллионлаб бегуноҳ инсонлар ўз юртларини тарк этиб, сарсон-саргардон бўлдилар. Норасида болалар оч ва яланғоч қолдилар.

    Батафсил...

SOTKA MEHRNI O‘LDIRADIMI?

SOTKA MEHRNI O‘LDIRADIMI?

Axborot asrining o‘ziga xos jihatlaridan biri uyali aloqa vositalarining tobora mukammalashib, hayotimizga chuqurroq kirib borayotgani ekani hech birimizga sir emas. Uyali aloqa vositasi bizni shunchalik asir etdiki, shiddatli zamonamizda ularsiz yashashni, aqalli bir kunni ularsiz o‘tkazishni tasavvur ham qilolmaydigan bo‘lib qoldik. To‘g‘ri, uyali aloqa vositasi, jo‘nroq qilib aytganda, sotkaning bo‘lgani yaxshi, ammo...

Sotkaning ijobiy jihatlari bilan birgalikda o‘ziga yarasha salbiy tomonlari ham borligi ma’lum. Biz uning sog‘liqqa qanchalik zarar qilishi, qanday nurlar tarqatishi haqida fikr yuritmaymiz. Tadqiqotlarni yaxshi ko‘radigan olimlar bu borada ham har kuni har xil fikr bildirishlari hech gap emas. Biz sotkaning odamlar hayotiga, ularning munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirmoqchimiz. 

Uyali aloqa vositasi, eng avvalo, talabalar, o‘quvchilarning o‘qishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani kunday ravshan. Sotkaga, mobil o‘yinlarga berilgan ilmi toliblar dars va ma’ruzalarda o‘qituvchining gapiga quloq solishdan ko‘ra, quloqlariga “naushnik”larni taqib, xorij musiqalarini tinglashni ma’qul ko‘radilar yoki ko‘zni shamg‘alat qilib o‘yin o‘ynab o‘tiradilar. Darsni o‘zlari tinglamaganlari yetmagandek, sinfdoshlari, kursdoshlarining ham e’tiborini chalg‘itadilar. “Senda falon qo‘shiq bormi? Blutzdan o‘tkazvor”, “Manavi rasmni qaragin, dahshat-a?”, “Yaqinda ko‘chirvoldim, bir eshitib ko‘r”, qabilidagi gaplar sotka egalari orasida urfga kirib qoldi. Dars ikkinchi daraja-yu, uyali telefon va unga tegishli “muammolar” birinchi planga chiqib qolyapti. O‘qituvchilar darsni boshlashdan oldin “Telefonlaringni o‘chirib qo‘yinglar”, deb tayinlashadi. Biroq hamma talaba va o‘quvchilar bu qoidaga amal qilaverishmaydi. Natijada, dars nima bo‘ladi? Xonaning hali u yog‘i, hali bu yog‘ida telefon jiringlab tursa, quloqqa dars kirarmidi? 

Uyali telefonlar nafaqat ilmi toliblarning o‘qishiga, balki odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Hozir uy telefoniga qo‘ng‘iroq qilishga ehtiyoj kamayib, sotkadan foydalanish urfda. Kiruvchi aloqa tekin bo‘lgach, xohlagancha gaplashish mumkin-da. Biroq tanish yoki yaqinlarning telefonni ko‘tarishga har doim ham imkoni bo‘lmaydi. Siz zarur ish yuzasidan qo‘ng‘iroq qilasiz. U esa, bandligi yoki yana boshqa sabablar tufayli javob berolmaydi. Siz buni bilmaysiz. “Qo‘ng‘iroq qilsam, javob bermadi. Atayin bosib qo‘ydi”, deb xafa bo‘lasiz. O‘sha odamdan yozg‘irib yurasiz. U esa, sizning nimadan xafa bo‘layotganingizni xayoliga keltirmaydi. Natijada, o‘rtada har xil tushunmovchiliklar boshlanadi. 

Uyali aloqa vositasidan foydalanishning har bir daqiqasi, ayrim tarif rejalarida esa, har bir soniyasi baholangani uchun ba’zida suhbatni iloji boricha qisqa qilishga harakat qilamiz. Ba’zida shoshganimizdan suhbatdoshimizdan hol-ahvol so‘rash tugul salomlashishni ham unutib qo‘yishimiz hech gap emas. Ba’zida esa, uning so‘zlariga quloq solishdan ko‘ra, xayolan suhbatimiz necha soniya davom etayotganini hisob-kitob qilish bilan ovora bo‘lamiz. Suhbatdoshimiz yaqinroq kishimiz bo‘lsa, yarim hazil, yarim chin ma’noda “Shuncha tsentimni yeding-a!” deb ta’na qilishdan ham xijolat tortmaymiz. Gohida kimgadir qo‘ng‘iroq qilishimiz kerak bo‘lsa, sotkadan “gudok” tashlaymiz. “Menga qo‘ng‘iroq qilib yuboring”, degan ma’noda. Gudok tashlagan odamimizning bizga “qo‘ng‘iroq qilib yuborish”ga vaqti, asosiysi, yonida shahar telefoni bormi-yo‘qmi, bu haqda o‘ylab ko‘rmaymiz. 

Ba’zida ko‘cha-ko‘yda, transport vositalarida uyali telefonini qulog‘iga tutgancha kim bilandir berilib gaplashib ketayotgan odamlarni uchratamiz. Ular hech kimga parvo qilishmaydi, butun vujudlari bilan telefon ichiga kirib ketishga shay turishadi, bor diqqatlari gaplashishga qaratilgan. Goh baland ovozlari, goh bemavrid kulishlari bilan yonlarida ketayotgan odamlarning g‘ashiga tegayotganlarini o‘ylashmaydi. Ayrimlar esa, atay qilgandek, telefonda baqirib gaplashadi. Atrofdagilarning diqqatini tortishga urinadimi-ey. 

Sotka orqali axloq-odob qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, eshitgan kishini uyaltiradigan so‘zlarni ishlatish esa, odobsizlikning yorqin ko‘rinishidir. Shu o‘rinda o‘rtog‘i bilan birorta gapni so‘kish so‘zlarini ishlatmasdan gaplasholmaydigan yigitlarni o‘rnak qilib keltirish o‘rinli bo‘ladi. Bundaylar uyali telefonni aloqa maqsadida foydalanish uchun emas, faqat o‘zlarini ko‘rsatish, sotkali to‘kis ekanliklarini namoyish qilish uchungina ko‘tarib yurganga o‘xshaydi. 

Odamlar yonidagi suhbatdoshini tinglashdan ko‘ra sotkada soatlab gaplashishni ma’qul ko‘radigan bo‘lib qolishyapti, nazarimda. Yonlaridagi odam ulardan ranjiyotgani bilan ishlari yo‘q. Nomigagina uzr so‘rash bilan qutulib qo‘yaqolishadi. Telefon jiringlab qolsa, bas, kirish qo‘ng‘iroqlari tekin bo‘lsa, bemalol gaplashaverishadi. Jamoat joylaridami, transport vositasidami, parvolari falak. Aslida, etika nuqtai nazaridan qaraganda, uyali telefonda gaplashishning ham o‘ziga yarasha qoidalari bor. Biroq biz ko‘pincha bu qoidalarni unutib qo‘yamiz. Tirik odamdan ko‘ra sotkadagi muloqotga ko‘proq ehtiyoj sezayotganimiz, telefonimiz jiringlaganda, yonimizda turgan yaqinimizga e’tibor qilmay qo‘yishimiz haqida chuqurroq mulohaza yuritib ko‘rishni istamaymiz. 

Uyali telefon zarur paytlarda aloqa qilish vazifasini o‘tash uchun kerak. Odamlar uchun hayotiy ahamiyat kasb etib, iliq munosabatlarni sovitish, o‘rtaga sovuqchilik tushirish uchun emas. Shunday emasmi?..

Manba: “Bekajon”

Doimiy manzil: http://intiqom.uz/uz/siyosat.html

Рейтинг@Mail.ru